Navoiyda soliqchi mashinasida ona va bolani urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyat Xatirchi tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimi mast holda bir fuqorani urib yuborgani toʻgʻrisida xabar tarqaldi. Navoiy viloyati prokuraturasi mazkur holatga munosabat bildirdi.

Xabarga koʻra, 1 noyabr kuni soat 17:30 larda Xatirchi tumanida yashovchi soliq xodimi Q.S oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Matiz” avtomashinasini boshqarib borayotib, yoʻlning elektroskuterda kesib oʻtayotgan Xatirchi tumanida yashovchi ayol T.I. va uning voyaga yetmagan qizi E.S.ni urib yuborgan. YTH oqibatida T.I va E.S. turli darajadagi tan-jarohatlar olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy va Buxoroda barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurilishida kamchiliklar bor

Next Post

Apperkot “zarba”sini qabul qilib olyapmiz….

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil