Apperkot “zarba”sini qabul qilib olyapmiz….

Boks tili bilan aytganda, apperkot zarbasini qabul qilib olyapmiz.Qanday qilib deysizmi? Mana, masalan biz “madaniyat kunlari”ni oʻtkazib yurgan shu kecha-kunduzda tumshugʻimiz ostiga kelib, maʼnaviyatimizga, kelajagimizga zarba berib ketishyapti. Ammo sezmaymiz, tegishli organlar uyquda.

Gaplarimni isboti ularoq quyidagi holatlarni keltiraman.

Karmanada 3 kundirki hovlilar, savdo doʻkonlari, umuman, devorlarga narkotik reklamasini yozib ketishyapti.

Ayniqsa, tuman markazidagi Farhod va yana bir nechta mahallalarda bu holat kuzatilgan. Tasavvur qiling, bitta mahallada 6-7 kishi ishlaydi bugungi kunda: rais, maslahatchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori va hokazo. Ammo birortasi bu yozuv nima ekan, deb qiziqib koʻrmagan shekilli. Balki koʻrsalar ham “Kimdir sevgi izhori yozib ketibdi”, degan oʻyga borgandir.

Xullas, apperkot zarbasi bu, faqat darhol emas, yillar oʻtib nakout qiladi. Karmana tumanidagi tegishli masʼullarni uygʻotib yuborish kerak. Buni qilganlarni topib, chora koʻrmasa boʻlmaydi.

R/s: bu kabi fotolar juda koʻp, uchtasini qoʻyyapman va reklama boʻlmasligi uchun muhim joylarini xiralashtirdim.

manba: Ruslan Saburov

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda soliqchi mashinasida ona va bolani urib yubordi

Next Post

Navoiyda yaroqsiz goʻshtlar toʻxtatib qolindi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil