Navoiyda muqaddam 5 marta sudlangan erkak qoʻshnisini pichoqladi

Navoiyda muqaddam besh marotaba sudlangan 52 yoshli erkak qoʻshnisini pichoqladi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, 2022 yil aprel oyida jazodan ozod etilib, probatsiya hisobida yurgan erkak 19 may kuni soat taxminan 20:30 da qoʻshnisi bilan spirtli ichimlik ichib oʻtirgan vaqtida ogʻzaki tortishuvdan soʻng janjallashib ketgan.

Shundan soʻng qoʻshnilar janjalni yashash xonadonidan chiqib, koʻchada davom ettirgan. Shu payt ularni ajratish uchun boshqa bir qoʻshni kelganida erkak qoʻlida turgan oshxona pichogʻi bilan uning qorniga zarba bergan. Maʼlumotlarga koʻra, jabrlanuvchining ahvoli oʻrtacha ogʻirlikda.

Hozirda erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanida 3 may kuni erkak xotinini yengil tabiat deb atagan tanishini pichoqlagandi. Shuningdek, Samarqand viloyatida it sababli aka-ukalarning farzandlari oʻrtasida janjal kelib chiqqandi.

manba bugun uz

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Oila ajralishlari qaysi viloyatda eng koʻp

Next Post

Navoiydagi svetoforli chorrahada piyodalar uchun qurilgan 15 mlrd so‘mlik ko‘prik foydalanishga topshirildi

Related Posts