Navoiyda janjallashayotgan ikki fuqaroni ajratmoqchi boʻlgan erkak pichoqlandi

Navoiy shahrida mast holda janjallashayotgan ikki fuqaroni ajratmoqchi boʻlgan erkak pichoqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati “Bugun.uz”ga xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, shaharning Kamolot koʻchasida yashovchi 52 yoshli T.Sh. tanishi P.T. bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilishi sabab janjallashgan. Aniqlanishicha, U.Sh. ularni ajratmoqchi boʻlib orasiga tushadi.Shu payt T.Sh. qoʻlidagi oshxona pichogʻi bilan U.Sh.ning qorin sohasiga sanchib, ogʻir tan jarohat yetkazgan. Sodir etilgan jinoyat tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida muhokama qilingan.Avvalroq Jizzaxda erkak xotinini yengil tabiat deb atagan tanishini pichoqlagandi. Oqibatda fuqaro koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Xorazm va Navoiyda kuchli chang bo‘roni o‘ylarning tomini uchirib ketdi

Next Post

Oila ajralishlari qaysi viloyatda eng koʻp

Related Posts