Xorazm va Navoiyda kuchli chang bo‘roni o‘ylarning tomini uchirib ketdi

Bugun, 21 may kuni Xorazm va Navoiy viloyatlarida kuchli chang bo‘roni sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Xorazm viloyati Urganch shahar hududida soat 10:45 da Urganch shahar Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasidagi uyning taxminan 70 metr kvadrat maydonda tom yopma qoplamasini shamol avtoturargohga uchirib ketgan. Oqibatda Gentra rusumli avtomobilga qisman zarar yetgan. Shuningdek, Urganch tumani “G‘alaba” MFYdagi xususiy uyning taxminan 80 metr kvadrat maydonda uyini shifer qoplamasini shamolda uchib, yerga qulab tushgan. Voqea joyida tan jarohati olganlar yo‘q. Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida kuzatilgan kuchli shamol natijasida “Do‘stlik” MFYda joylashgan uyning taxminan 5 kvadrat metr, “Yo‘lchilar” MFYda 2 ta xonadonning taxminan 4 kvadrat metr tom qismining shifer va tunukalarini uchirgan.

Ushbu hodisa oqibatida aholini tan jarohati olishi bo‘yicha FVV tarkibiy tuzilmalari va tibbiyot muassasalariga murojaatlar kelib tushmagan.

Qalampir uz

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

RADIYA

Next Post

Navoiyda janjallashayotgan ikki fuqaroni ajratmoqchi boʻlgan erkak pichoqlandi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil