Navoiyda imtihonsiz “prava” olib bermoqchi boʼlgan sugʼurtachi ayol ushlandi

U faoliyat olib boradigan «Oʼzagrosugʼurta» koʼchma doʼkonidan 9 nafar fuqaroning shaxsiy hujjatlari, pullar va imtihon varaqalari topilgan.
Navoiyda imtihonsiz haydovchilik guvohnomasi olib berish bilan bogʼliq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro S.S. haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon topshirish maqsadida Navoiy viloyati IIB YHXB roʼyxatdan oʼtkazish va imtihon olish boʼlimiga borganida uni «Oʼzagrosugʼurta» koʼchma doʼkonida faoliyat olib borayotgan А.I. suhbatga tortgan. Suhbat jarayonida u S.S.ga 2 mln 300 ming soʼm pul evaziga haydovchilik guvohnomasini imtihonsiz olib berishni vaʼda qiladi.

IIV ShXBB Navoiy viloyati boʼyicha boʼlimi hamda Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda А.I. kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, u faoliyat olib borayotgan «Oʼzagrosugʼurta» koʼchma doʼkonida 9 nafar fuqaroning shaxsiy hujjatlari, pullar hamda imtihon varaqalari borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Haydovchi pora berayotgan vaqtda ushlandi

Next Post

Aholini roʻyxatga olishning tartibi va mohiyati

Related Posts