Navoiyda Ekologiya boshqarmasi xodimi pora ustida qo‘lga olindi

Shu yilning 28-avgust kuni Navoiy viloyati DXXB, IJQK Departamenti Navoiy shahar bo‘limi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimi “R.M.” boshqa bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarodan Navoiy shahri “Tong” turar joy majmuasi atrofidagi 12 sotix yer maydoniga ko‘p qavatli uylarni qurish jarayoniga ta’sir qilayotgan 4 tup manzarali daraxtlarni kesish uchun bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga 163 mln. so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.


Mazkur holat yuzasidan shu yilning 29-avgust kuni IJQK Departamenti Navoiy shahar bo‘limi tomonidan ekologiya xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Total
0
Shares
Previous Post

Navoiyda noqonuniy yer sotishga uringan shaxsningrejasi amalga oshmadi

Next Post

Xorijiy korxonaning ikkinchi loyihasi ishga tushdi

Related Posts

Rasmiy munosabat

Mazkur postda aks etgan obyekt Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivida “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ buyurtmachi boʻlgan,…
Batafsil