Azaldan mahallalarda, ommaviy tadbirlarda, bayram sayllarida xoʻroz urushtirish musobaqalari tashkil etilishi hech kimga sir emas. Ammo ayrimlar uchun bu hunar asosiy daromad manbaiga aylanib, uning ortidan oilasini ham boqayotgani achinarli. Xatirchining “Damariq” mahallasida yashovchi 35 yoshli A.I xonadonida xoʻroz jangi maydonini tashkil etib mazkur “maxsus arena” atrofida 100dan ortiq xoʻroz jangi ishqibozlarini toʻpladi. Ularning har biri uchun 10 ming soʻmdan pul olib qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinni tashkil qildi. 17 nafar patvozlar oʻzlarining jangari xoʻrozlari bilan ishtirok etayotgan paytda, viloyat IIB JQB uyushgan jinoyatchilik va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilagan tezkor tadbir davomida qoʻlga olindi. Xoʻrozbozlarni oʻyinga daʼvat qiluvchi banerlar va brashuralar hamda xoʻrozlari gʻolib boʻlgan fuqarolarni taqdirlash uchun qoʻyilgan turli sovrinlar daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida xujjatlashtirib olindi. Ayni paytda oʻyinda ishtirok etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Related Posts
Navoiy va Buxoro shaharlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi, IIB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Navoiy shahrida…
24.11.2023
Navoiyda soliqchi pora olayotgan vaqtda qoʻlga tushdi
Joriy yilning 6 noyabr kuni Navoiy viloyati huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan faol tadbir davomida, Davlat…
14.11.2023
Navoiyda fuqarolarni “yerga” yuborgan shaxsga hukm o‘qib eshittirildi
Xalqimizda “Tekga olingan mol yomon, bitmas” degan naql bor. Afsuski, oramizda bunday nasihatlarni yoqtirmaydigan, hech bo‘lmaganda vijdon amriga amal…
25.06.2023