Navoiyda 7 gramm marixuanna saqlagan fuqaro ushlandi.

2022 yil 7 iyul kuni soat 21:30da Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy viloyati Karmana tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazildi. Tezkor tadbirda davomida, Karmana tumanidagi “Anhor” nomli choyxonada oʻtirgan oldindan koʻzatuvga olingan fuqaro S.I xolislar ishtirokida oʻz ixtiyori bilan egnidagi koʻk rangli shimining chap choʻntagidan 1 dona oq rangli qogʻozga oʻralgan, yashil rangli, oʻtkir hidli, oʻrami bilan birga ogʻirligi 7 gramm boʻlgan “marixuanna” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddani chiqarib tadbir xodimlariga topshirdi.
Shundan soʻng, fuqaro S.Ining doimiy yashash xonadoniga borilganida, xonadonning qoʻshimcha xoʻjaligi tomorqasida kesilgan daraxt shoxlari ostiga ekilgan 21-42 sm uzunlikdagi 5 tup yashil rangli, oʻtkir hidli “kannabis” giyohvandlik oʻsimligiga oʻxshash oʻsimliklarni oʻz ixtiyori bilan tadbir ishtirokchilariga taqdim etdi.
Oʻtkazilgan tadbir davomida jami oʻramlari bilan ogʻirligi 7 gramm boʻlgan yashil rangli, oʻtkir hidli “marixuanna” giyohvandlik moddasi hamda 5 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimiliklari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

AHOLINI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASH BORASIDAGI ISHLAR TANQIDIY TAHLIL QILINDI

Next Post

Navoiy viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi faoliyati boʻyicha press tur oʻtkazildi

Related Posts