Navoiyda 6 yoshli bola tok urishi oqibatida ikki qoʻlidan ayrildi

Do’stlari bilan oʻynab yurgan bolakay bolalar maydonchasiga yonma-yon joylashtirilgan, xavfsizligi taʼminlanmagan transformator eshigini ochib koʻrgani aytilmoqda.

Maʼlum qilishicha, holat joriy yilning 5 mart kuni Uchquduq shahrida sodir boʻlgan. Bolalar yaqinda foydalanishga topshirilgan koʻp qavatli uyning bolalar maydonchasida oʻynayotgan boʻlgan. Bolalardan biri maydoncha bilan yonma-yon joylashtirilgan transformator yoniga borib, uning eshigini ochib koʻrgan. Oqibatda uni katta kuchlanishli tok urgan.

“Oʻsha kuni ishda edim. Holatni eshitib tezda yetib keldim. Qarasam, bolamning ikki qoʻli kuyib ketgan, ahvoli jiddiy. Shifoxonada zoʻrgʻa oʻziga keltirib oldik. Ammo ikki qoʻlini kesib tashlashga majbur boʻldik.

Shu yil maktabga chiqishi kerak edi. Uning azoblanganini koʻrib, oʻzim ham adoi tamom boʻldim.

Transformator bolalar maydonchasining yonida edi, xavfsizligi taʼminlanmagan, hatto xavfli ekanligini anglatuvchi belgilari ham yoʻq edi. Eshiklari ochiq holatda boʻlgan oʻsha kuni. Aslida, transformatorning bolalar maydonchasi bilan yonma-yon boʻlishi toʻgʻri emas. Buning ham oʻz tartib-qoidalari boʻlsa kerak”, — deydi bolaning otasi Akmal Qobilov.

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Previous Post

Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida “Zarafshan golden group” MCHJ buyurtmachi

Next Post

Navoiyda mansabdor shaxsning korrupsiya harakatlariga chek qo‘yildi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil