Navoiyda 2021 yilda hokimliklar davlat xizmatlari koʻrsatilishida 135 ta qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻygan

Navoiy viloyatida 2021 yilda DXMlar tomonidan 320 702 ta davlat xizmati koʻrsatilgan. Korxona va tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida 4 392 ta qonunbuzilish holati aniqlangan. Bu haqda DXA Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan yil yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, hozirda boshqarma va uning hududiy markazlari tomonidan aholiga 160 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda. 2021 yilda markazlar orqali jismoniy va yuridik shasxlarga jami 320 702 ta davlat xizmati koʻrsatilgan. Oʻtgan yilda viloyatda 9 203 ta tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Shundan 18 tasi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar, 4 095 tasi esa yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari. 

DXA Navoiy viloyati boshqarmasiga koʻra, 2021 yilda davlat xizmatlari koʻrsatilishida soliq organlari 151 ta, yer resurslari va davlat kadastr idoralari 196 ta, moliya idoralari 44 ta, bandlik va mehnat munosabatlari idoralari 60 ta, hokimliklar 135 ta, sogʻliqni saqlash muassasalari 669 ta, “Oʻztransgaz” AK 378 ta, qurilish va arxitektura 120 ta, boshqa kommunal xizmat koʻrsatish idoralari 2 003 ta qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan. Kiritilgan taʼsir chorasi natijasida vakolatli idoralarning 13 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan. 

Matbuot anjumani jurnalist va blogerlar Navoiy shahar DXMda xorijga chiqish pasportlarini berish boʻyicha xizmat koʻrsatish jarayoni bilan ham tanishdilar.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

63 yoshli otaxonning talmovsirashi it hushyorligini oshirib, jinoyatni fosh yetdi

Next Post

Navoiy IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan odam savdosiga chek qoʻyildi

Related Posts