63 yoshli otaxonning talmovsirashi it hushyorligini oshirib, jinoyatni fosh yetdi

Joriy yilning 25-yanvar kuni kunduzi soat 10:30lar atrofida “Samarqand” muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB JXX YHXB YPXO 2-safarbar guruhi inspektori, kichik serjant A.Umidov “Madaniyatli haydovchi” tadbiri doirasida “Samarqand – Navoiy” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan “Yutong” rusumli 80 943 DBA davlat raqam belgili avtobusni toʻxtatib, haydovchining hujjatlarini tekshiradi.

Shuningdek, viloyat IIB JXX PPX va JTSB Kinologiya xizmati kinolog xodimlari tomonidan ushbu transport vositasida yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqarolar hamda aftobus yukxonasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirilishi jarayonida inspektor kinolog O.Joʻrayev hamda unga biriktirilgan “Rem” laqabli xizmat iti eʼtiborini tortib, katta shubha uygʻotgan sumka yegasi ha deganda topilavermadi. Yoʻlovchilar bilan olib borilgan ogʻzaki surishtiruvlar jarayonida talmovsirab, talvasaga tushgan otaxon yesa sarosimadan yesankirab qoldi. Uning bu xatti-harakatlari vaziyat oydinlashishiga va jinoyat ishi ochilishiga asosiy sabab boʻldi.

Uchquduq tumanida istiqomat qiluvchi, asli kelib chiqishi samarqandlik boʻlgan 63 yoshli otaxon noqonuniy yoʻllar orqali 52 dona gugurt qutisiga joylashtirilgan, yashil rangli, oʻtkir hidli, maxsus quritilgan, umumiy qiymati 295 gramm boʻlgan giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddani olib ketishga uringanda, jinoyat issiq izida fosh yetildi.

Ushbu qutilar tegishli tartibda Navoiy viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Uzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va

Next Post

Navoiyda 2021 yilda hokimliklar davlat xizmatlari koʻrsatilishida 135 ta qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻygan

Related Posts