Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi tibbiyot birlashmasida ayol tugʻuruqdan soʻng vafot etdi.

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi tibbiyot birlashmasida ayol tugʻuruqdan soʻng vafot etdi. Viloyat prokuraturasi holat tafsilotlarini ochiqladi.
Unga koʻra, Xatirchi tumani, “Xonaqa” mahallasida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan fuqaro S.Xoʻrozova tugʻuruqdan soʻng tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʻlimida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida marhumaning oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza va tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Total
0
Shares
Previous Post

Iyul oyida Navoiy vilotida 1 364 ta kadastr pasporti tayyorlab berildi

Next Post

Daraxtlarni ham kadastr qilish mumkinmi? Qay tartibda daraxtlarning kadastr pasporti shakllantiriladi?

Related Posts

Rasmiy munosabat

Mazkur postda aks etgan obyekt Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivida “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ buyurtmachi boʻlgan,…
Batafsil