Navoiy viloyati Uchquduq shahri chiqindi svalkasidagi holatdan kuni kecha foto lavhalar havola qilib, ijodiy gruhimiz muammolarni joyida oʻrganayotganlarini habar bergandik. Bugun bu video lavhani havola qilmoqdamiz. Video lavhada necha yillik chiqindilar bartaraf etilmaganligi chorva mollari bu yerlarda boqilayotganini kurishimiz mumkin. Bundan tashqari hodimlarga vaqtida berilmayotgan maosh muammosi Xam mavjud ekan. Yetmaganiga Ekalogiya boshqarmasi qorovulga jarima qilib kelayotgani maʼlum boʻldi. Bu yerda asosiy muammo nimada deb oʻylaysiz? Jarimaga tortilishi kerak boʻlgan shaxslarchi?Shuni ayta olamanki, qorovul oddiy ishchi xolos, hudud topshirilgan va buyruq beruvchi tashkilotlar boshqa. Hududda qanchalik chiqindi yoyilib ketgan. Bu aholiga ham zarar bermaydi deb kim aytoladi. Joriy yilda chiqindilar kumilmagani sababli Navoiy viloyatida qancha muammolar yuzaga keldi. Bu muammolar hal bulishi uchun hamma hududlarda svalkalarda yongʻin chiqishi kerakmi? Ekalogiya tashkiloti yoki chiqindi tashish tashkilotida, bu jarayon uchun maʼlum bir chegaralar, talab shartlar quyilmaganmi?Doimgidek mutasaddi tashkilotlardan javob kutib qolamiz! Qani biror bir mutasaddi uygʻonib muammoni hal qilarmikan!
Navoiy viloyati Uchquduq shahri chiqindi svalkasidagi holati
