TIBBIY CHIQINDILAR VA ULARNI YO’Q QILISH TO’G’RISIDA TUSHUNCHA

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2015 yil 2-fevral SanQvaM 0317-15 “RESPUBLIKA DAVOLASH PROFILAKTIKAUASSASALARIDA CHIQINDILARNI YIG’ISH, SAQLASH VA UTILIZATSIYA QILISHNING SANITARIYA QOIDALARI VA ME’YORLARI TO’G’RISIDA”-

1. 5 turdagi chiqindi turlari bor – Farmakologik, Biologik, Fizik, Ximik, Radioaktiv.-

2. Tibbiyot muassasalarida asosan ZARARLI ( kontaminirovannie ) va ZARARSIZ ( nekontaminirovannie ).-

3. Chiqindilarni yig’ish va yo’q qilishdan maqsad – Tibbiyot xodimlarini sodir bo’lishi mumkin bo’lgan noxush xodisalardan muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarni axoli o’rtasida keng tarqalishiga yo’l qo’ymaslik.-

4. Quyidagi chiqindilar yoqilmaydi – Aerozol ko’rinishdagi gazli sig’imlar katta miqdordagi kimyoviy faol moddalar Oltingugurt tuzlari, fotografik va rentgenografik chiqindilar. Tarkibida rugut yoki kadmiy moddasini saqlaydigan ( termometr, presslangan dep-svinets ) tibbiy chiqindilar. Yoqilishi jarayonida dioksin zaxarli moddasini xosil bo’lishi sababli plastik ( shprits, sistema, gemakon ) ashyolar yoqilishi xavfli. –

5. Tibbiy matolarni, ( marli, tampon, paxta, bog’lov materiallari ) yo’q qilish tartibi – Xo’jalikda ishlatiladigan qo’lqop kiyiladi, tibbiy mato chiqindilar ustki qismi yopiladigan plastik yoki metall idishlariga solinadi. Chiqindi yoqish joylarida yoqib yo’q qilinadi. Xo’jalikda ishlatiladigan qo’lqop yechiladi. Qo’l yuviladi va antiseptik modda bilan zararsizlantiriladi.-

6. Suyuq biologik chiqindilarni yo’q qilish tartibi – Maxsus muxofaza kiyimi kiyiladi, xo’jalik qo’lqopi, ximoya achkisi, plastik fartuk. Suyuq biologik chiqindi extiyotkorlik bilan kanalizatsiyaga quyiladi. Kanalizatsiya bo’lmasa usti yopiq chuqur o’raga quyiladi va ustidan quruq xlor sepiladi. Chiqindidan bo’shagan idish bo’shagan idish 0.5% ishchi eritmaga 10 daqiqaga zararsizlantiriladi. Qo’lqop yechilib, qo’llar yuviladi va antiseptik modda bilan zararsizlantiriladi.-

7. Tibbiy chiqindilarni ko’mish talablari – Ko’mish maydonchalariga kirish chegaralangan bo’lishi ( atrofi o’ralgan va kirish imkoni chegaralangan ). Maydon atrofi imkoniyat darajasida o’tib bo’lmaydigan devor bilan o’ralgan bo’lishi, Maydon chegarasi suv manbasidan kamida 50metr masofada uzoq joylashgan bo’lishi, Maydon oqava suvi quduqlardan past xududda bo’lishi va suv toshqini bo’lishi mumkin bo’lgan xududlarda bo’lmasligi talab etiladi.

🏥 Tibbiyot muassasalarida ikki turdagi chiqindilar zararli ( kontaminirovannie ) va zararsiz ( nekontaminirovannie ) bo’lib 85% zararsiz, ya’ni ( qog’oz, qutilar, plastmassali qutilar, maishiy chiqindilar va oziq ovqat chiqindilari ) ular bilan muloqotda bo’lganida kasallik chaqirmaydi. Ularni oddiy yo’l bilan yo’q qilish mumkin.

🔴 Zararli chiqindilar – qon va u bilan ifloslangan tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya anjomlari, biologik a’zo va chiqindilar, o’tkir va sanchiluvchi tibbiy anjomlar va boshqalar bilan muloqotda bo’lganda yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

⚗ Kimyoviy va farmasevtik chiqindilar – farmasevtik idishlar, flakonlar, qutilar, vaksinalar, laboratoriya reaktivlari va dezinfeksiya vositalari, kimyoviy va zaxarli moddalar.

☢ Sitotoksik chiqindilar – saraton kasalliklari uchun ximioterapevtik moddalar

☣ Og’ir metal chiqindilari – termometr rtuti, qon bosimini o’lchash asboblari, stomatologik matolar

🛢 Aerozol idishlari – aerozol ballonlari, uchqun ta’sirida portlashi mumkin bo’lgan

chiqindilarMUOLAJA XONASIDA CHIQINDILARNI YO’Q QILISH (Sanpin0317-15 bo’yicha 6.9 bandida yozib o’tilgan!)Tibbiyot xodimlariga kasallik yuqishining oldini olish maqsadida igna shpritsdan xavfsiz usullar bilan ajratiladi. Buning uchun barcha davolash profilaktika muassasalari muolaja xonalari ignani ajratuvchi va ignani kesuvchi maxsus asboblar bilan ta’minlanishi kerak. Muolaja xonalari ignani ajratuvchi va ignani kesuvchi maxsus asboblar bilan ta’minlanmagan bo’lsa, shprits va ignalar kimyoviy vositalar bilan zararsizlantirilmaydi. Shpritslarni teshilmaydigan karton yoki plastmassa konteynerlariga joylashtiriladi va konteynerning 4/3 qismi to’lganidan so’ng uni yo’q qilishga topshiriladi yoki yoqib yuboriladi.FARMASEFTIK CHIQINDILARNI YO’Q QILISH

🔴 Sitotoksid va antibiotiklarlar – yoqiladi va chiqindi maydonchasiga tashlanadi. ( imkon qadar 800°Cda )

🔴 Erituvchi suv, miksturalar, vitaminlar, ko’z tomchilari katta miqdordagi suv bilan aralashtirilib kanalizatsiyaga quyiladi

🔴 Suyuqlik ko’rinishidagi farmasevtik chiqindilar boshqa farmasevtik chiqindilar bilan birga yo’q qilinishi mumkin emas!

🔴 Sitotoksik chiqindilar ochiq suv xavzalariga va chiqindi maydonchalariga tashlanishi qat’iyan man etiladi.

🔴 Yoqish yo’li bilan yo’q qilish imkoni bo’lmagan xolda ular inkapsulyatsiya yo’li bilan yo’qotiladi.☣ O’GIR METALL ( RUTUT, KADMIY) LARNI YO’Q QILISH

⚫️ Eng qulay yo’li qayta ishlashga topshirish

⚫️ Yoki inkapsulyatsiya qilish

⚫️ Singan termometrlarda rugut sochilganda uni rezina qo’lqoplarida qog’oz yordamida yig’ib qayta ishlashga yuboriladi yoki inkapsulatsiya qilinadi.

Total
0
Shares
Previous Post

Navoiy viloyati Uchquduq shahri chiqindi svalkasidagi holati

Next Post

Navoiy shaharda muddati oʻtgan mahsulotlar sotilmoqda

Related Posts

Rasmiy munosabat

Mazkur postda aks etgan obyekt Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivida “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ buyurtmachi boʻlgan,…
Batafsil