Jamiyatimizda ayni paytda korrupsion jinoyatlarni oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida ayovsiz kurash olib borilmoqda.

Joriy yilning 4-noyabr kuni Navoiy viloyati IIB YHXB ROʻva IOBga haydovchilik guvoxnomasi olish uchun imtihon topshirish maqsadida borgan M ismli fuqaroga, gumonlanuvchi fuqaro T.Y tanishlari orqali, haydovchilik guvohnomasi olish uchun oʻtkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlardan oʻtkazib berishini vaʼda qilib, xizmat haqqi  200 AQSH dollari boʻlishini aytadi. Olingan tezkor maʼlumot asosida 2022 yilning 5-noyabr kuni soat 19:00 larda Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Navoiy viloyati boʻyicha boʻlimi hamda Departamentning Navoiy shahar boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi fuqaro T.Y talab qilingan 200 AQSH dollari miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Departamentning Navoiy shaxar boʻlimi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bugun bot-bot aytilayotgan mazkur turdagi jinoyatlar fuqarolarni yanada hushyor boʻlishga, har qanday jinoyatga jazo muqarrar ekanini yana bir bor eslatishi zarur. Zero qilmish, qidirmish deb bejizga aytilmagan.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda uchquduqlik ikki yigitning janjali yaxshilik bilan tugamadi

Next Post

Xatirchi tumanida sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan maʼlumot

Related Posts