“Facebook” kompaniyasiga tegishli boʻlgan “Instagram” ijtimoiy tarmogʻi blogerlar kontentini monetizatsiya qila olishi uchun pullik obuna tartibini joriy qilmoqchi. Bu haqda tarmoq rahbari Adam Mosseri maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, dastlab AQSHda sinovdan oʻtkaziladigan yangi funksiya yordamida faqat shaxsiy akkauntga obuna boʻlgan auditoriya uchun jonli efir, post va qisqa video lavha yaratish mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq muayyan obunachi izohini kontent yaratuvchi uchun maxsus belgi bilan ajratib koʻrsatadi.
– Kontent yaratuvchiga pul topish imkonini berish maqsadida platformaning ilk funksiyasini ishga tushiryapmiz, – dedi tarmoq rahbari.
Maʼlumot oʻrnida keltirish joiz, “Instagram” – fotosurat, tasvir va videoni joylashtirish va baholash uchun moʻljallangan ijtimoiy media tarmoq. 2020 yili mobil ilova sifatida dunyodagi eng ommabop dasturlardan biriga aylangan mazkur ijtimoiy tarmoq nomi bir necha oy oldin “Meta”ga oʻzgartirilgan.
Instagramʻda yangi funsiya – pullik obuna joriy qilinadi
