Olga Buzova TikTok xizmati paydo boʻlgunga qadar MDH ijtimoiy tarmoqlaridagi eng mashhur bloger edi. U Instagram da joylashtiradigan postlaridagi reklamadan har oyda yuz minglab dollar ishlab topardi. U inflyuenser boʻlishni orzu qilgan minglab yoshlar uchun muvaffaqiyat sinonimiga aylangan edi.
Olga Buzovani turli oʻqitish tadbirlariga taklif eta boshlashdi. U yerda u shaxsiy brendni shakllantirish boʻyicha oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Uning Instagram sahifasiga kirmaganlar, Olga Buzova noyob va foydali maʼlumotlari tufayli mashhur boʻlgan, deb oʻylashlari mumkin. Albatta, bunday emas. U eʼlon qiladigan postlarning aksariyati uning hashamdor hayoti va qimmatbaho qiziqishlariga bagʻishlanadi. Hatto fotosuratlar va videoroliklarni ham oʻzi suratga olmaydi. Bu bilan mahoratli fotograflar va operatorlar shugʻullanishadi. Malakali stilistlar va vizajistlar Buzovaning obrazi ustida ishlashadi. Uning mashhurligining avj pallasida boʻlajak influyenslar uning kanaliga obuna boʻlishni tavsiya etishadi. Aytilishicha, u yerda Instagram boʻyicha tajriba oʻrganish mumkin boʻlgan.
Bloging- hayot tarzi sifatida
Ilk blogerlar 90-yillarda paydo boʻlishgan. Ular oʻz veb-sahifalaridan daromad olishmagan. Ular oʻz fikr va gʻoyalarini katta tomoshabinlarga yetkazish imkoniyati bilan kifoyalanganlar xolos. Masalan, birinchi mashhur bloglardan birida Silikon vodiysidagi ziyofatlar haqida maʼlumot beriladi. Uning muallifi axborot tezxnologiyalari kompaniyalari tomonidan uyushtiriladigan dabdabali kechalarga tashrif buyurgan va ziyofat paytida ular haqida yozgan. Ikki mingginchi yillarga kelib hamma narsa oʻzgardi. Internet koʻp mamlakatlarga yoyildi. Mashhur bloglar millionlab auditoriyalarni yigʻib, yanada mashhurlashdi. Taniqli brendlar endi ularga eʼtibor koʻrsatadi va sohaga milliardlab dollarlar oqib kela boshlaydi. Ilgari faqat yirik kompaniyalarginabuncha daromad ishlab topardi. Blogerlar konservativ OAV dan farqli oʻlaroq, oʻz nuqtai nazarlarini taqdim etar va ularning oʻz qarashlari, shaxsiy yondoshuvlari bor edi. Pul koʻp jihatdan, blog yuritishni buzdi. Sohaga hayotida pul birinchi oʻrinda boʻlgan kishilar kirib keldi. Hozirgi kunda YouTube da maʼrifiy kanallarni topish juda qiyin. Foydali maʼlumotlar, millionlab auditoriyalarga ega mashhur kanallarda emas, oddiy kanallarda koʻproq uchraydi. Taniqli blogerlar oʻz fikrlarini ochiq sotishlari yoki qimor oʻyinlari, elektron qimorlarga auditoriya yigʻib berishlari ham mumkin. Har bir mashhur bloger imkon qadar koʻproq tomoshabin yigʻishga, soʻngra esa, nufuzli kiyim-kechak brendi bilan reklama shartnomasini tuzishga intiladi. Albatta, blogerlar bu haqda oʻz obunachilariga aytishmaydi, chunki ular allaqachon nufuzli kompaniya reklama boʻlimining bir qismiga aylanib ulgurgan boʻlishadi.
Vaqt oʻtishi bilan odamlar bu oʻzgarishlarni payqaydilar. Bu hatto tor yoʻnalishlarga ham tegishli. Masalan, organik kosmetikani targʻib qiluvchi barcha blogerlar vaqt oʻtishi bilan organik kosmetikaning bitta yoki bir nechta brendlarini reklama qilishni boshlaydilar. Odamlar buni sezibqolgach, ortiq ularni kuzatmay qoʻyadilar. Bu tendensiya ishonchning yoʻqolishiga olib keldi. Endi hech kim mashhur influenserlarga ishonmay qoʻydi va bu soʻzning oʻzi salbiy maʼnoga ega boʻlib qoldi. Kompaniyalar ham oʻz yondashuvlarini oʻzgartirishdi. Endi ular unchalik koʻp boʻlmagan, biroq faol va sodiq auditoriyaga ega blogerlar bilan hamkorlik qilishga oʻtdilar.
Senga inflyuenser boʻlishni oʻrgataymi?
Blogerlarning boyligi va dabdabali hayoti haqidagi bloglar blog qilishning shov-shuvlashib ketishiga sabab boʻldi. MDH davlatlarida muntazam oʻtkaziladigan soʻrovlar shuni koʻrsatdiki, bu mamlakatlarda istiqomat qiladigan yoshlarning aksariyati mashhur bloger boʻlishni orzu qilishadi. Bu shov-shuv Oʻzbekistonga ham taʼsir koʻrsatdi.
Yomgʻirdan keyingi qoʻziqorinlar kabi barcha MDH davlatlarida inflyuenserlar uchun kurslar, blogerlar uchun uylar va prodyuserlar paydo boʻla boshladi. Xoʻsh, inflyuenser boʻlishni oʻrgatish mumkinmi? Keling, avval bu soʻzning taʼrifini koʻrib chiqsak.
Inflyuenser (inglizcha influence – taʼsir etish) ijtimoiy tarmoqlarda – keng va sodiq auditoriyaga ega foydalanuvchi degan maʼnolarni anglatadi. Bunda har ikki xususiyat ham muhim sanaladi: nashrlari obunachilarga katta taʼsir koʻrsatgan blogernigina inflyuenser deb atashadi. Bu tushuncha Elix Kas va Pol Lazarsfeld tomonidan “Shaxsiy taʼsir koʻrsatish” nomli kitobda taklif etilgan “fikrlar yetakchisi” terminiga mos keladi (1957 god). Hech qanday, hatto eng qimmat kurslar ham insonni boshqalar uchun qiziqarli boʻlishga yoki qiziqarli kontent yaratishga oʻrgata olmaydi. Hattoeng qiziqarli va foydali kontent ham blogerga katta tomoshabin yigʻish imkonini beradi, deb hech kim kafolat bermaydi.YouTube, turli videoxosting saytlari, jadal rivojlanayotgan platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda koʻp yillardan buyon yuqori sifatli va eng muhimi foydali maʼlumotlarni nashr etib kelayotgan sifatli kanallar, sahifalar va akkanuntlar bor. Ayni damda ular beʼmani chelendjlar, yaramas hazillar va oʻyinlarni joylashtirayotgan yuzaki influenserlar erishgan mashhurlikka yetolmaydilar ham.
Biroq hamma prodyuserlar ham bekorchi emas. MDH da savdogar-Elf blogerlar uchun mashhur prodyuserga aylandi. Bu rossiyalik prodyuser va tadbirkor Yaroslav Andreyevning taxallusi boʻlib, koʻpchilikoʻzbekistonliklar uni mashhur horij seriallariga ovoz berish bilan shugʻullanadigan “Kuraj-Bambey” studiyasiga homiyligi tufayli tanishadi.
U 2016 yilda WildJam agentligini ochgan. Dima Maslennikov va Nikolay Sobolev uning birinchi mijozlari boʻlishgan, Danone va Coca-Cola brendlari esa, birinchi reklama beruvchilardan boʻlishgan.Birozdan soʻng blogerlar Guseyn Gasanov va Karina Kross ham uning mijozlari safiga qoʻshiladi.
2020 yilda Yaroslav AndreyevTikTok-blogerlariDanya Miloxin va Nikita Levinskiybilanhamkorlikqilaboshlaydi. Mish-mishlarga qaraganda, Danya Miloxinaynan Yaroslav Andreyev tufayli mashhur boʻlib ketgan.
TikTok-jazavasi Oʻzbekistonni ham qamrab oldi
2021 yilning 16 noyabridaodamlar eʼtiborini jalb qilish maqsadida endi faoliyatini boshlayotgan tiktoker “Sayohat” mehmonxonasining yonidagi yoʻlning oʻrtasida chelak va shampun yordamida “dush” qabul qila boshlagan. Yigitning maqsadi mashhur boʻlish edi. Natijada, u oʻz maqsadiga erishadi. Yetakchi OAV va ijtimoiy tarmoqlaridagi mashhurguruhlar bu haqda yozishadi. Qisqasi, aksariyat poytaxtliklar uning bu hatti-harakatini qoralashdi.
Alohida bilimga ega boʻlmagan holda,bloging sohasida katta muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni misol qilib keltirishni yoqtiradigan OAV ham bu jazavalarni kuchaytirib yubordi. Bundayyutuqqa har kim erisha olishi mumkinligi, faqat hayotda taslim boʻlmasdan, oʻz taqdiriga ishonishi kerakligi taʼkidlandi. Lekin hayotda bunday emas. Bu kabi voqealar haqiqiy TikTok-jazavasini keltirib chiqardi. Minglab oʻzbekistonliklar mashhur boʻlish umidida oʻz kontentlarini joylashtira boshladilar. Qayd etish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan materiallar orasida sifatli suratga olingan va tahrir qilingan videolar ham bor, biroq insonni hijolatga soladigan kontentlar ham uchraydi. Sohaga endi qadam qoʻyayotgan yosh tiktokerlar oʻzlarini tanitish va yangi obunachilarni topish maqsadida har qanday jinnilikka tayyorlar.
14 sentyabr kuni Oʻzbekiston“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi mamlakatimiz hududida TikTok ijtimoiy tarmogʻini taqiqlash taklifi bilan chiqdi. Bunga sabab – Navoiy shahridagi ikki nafar oʻquvchi qiz dars vaqtida TikTok ni yoqib, oʻqituvchi va sinfdoshlari orasida janjallashgani namoyish etilgan shov-shuvli rolik boʻldi.
Yaqin paytgacha Toshkent metropoliteni mahalliy tiktokerlar orasida ayniqsa mashhur edi. Ularning eng vazminlari metro bekatlarida oʻz sketchlarini suratga olishar, ekstremallari esa, poyezd relslariga sakrab tushar yoki marmar ustunlar boʻylab yugurardilar.
2021 yilda Oʻzbekistonda Rossiya va yurtimizdagi mashhur tiktokerlar ishtirokida koʻplab tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan edi. Ular yoshlarimiz bilan uchrashib, oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishi koʻzda tutilgan edi. Biroq boʻlib oʻtgan voqealardan soʻng ushbu tadbirlar bekor qilindi, yurtimizda TikTok ning tezligi sezilarli darajada kamaydi, bu esa, ushbu ilovadan toʻliq foydalanishni deyarli imkonsiz qildi.
Inflyuenserlar nimani oʻrgatishi mumkin?
