Gulnora Karimova tomonidan horizhga olib ketilgan mol-mulklar Uzbekistonga kaytarilmoqda

Adliya vazirligi bu bo‘yicha ma’lumot byerdiO‘zbekiston Shveytsariya, AQSh, Frantsiya, Rossiya Fedyeratsiyasi va boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan Gulnora Karimova hamda uning shyeriklari tomonidan jinoiy faoliyatdan orttirilgan va qonunga xilof ravishda mamlakatdan tashqariga olib ketilgan mol-mulklarni qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda. Adliya vazirligi bu bo‘yicha “Bugun.uz”ga ma’lumot byerdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston vakolatli davlat organlarining Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘llar bilan egallangan mol-mulklarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari natijasida yaqinda Frantsiyadan 10 million AQSh dollari qaytarilgan.“Ta’kidlash joizki, 2020 yilning may oyida ham Frantsiyadan 10 million AQSh dollari qiymatidagi aktivlar O‘zbekistonga qaytarilgan edi”, deyiladi xabarda.Shu bilan birga, 2022 yil 11 fevralda Shveytsariya va O‘zbekiston o‘rtasida muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tgan. Unda tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko‘p tomonlama trast jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Mazkur jamg‘armadan Gulnora Karimovaga nisbatan jinoiy ish yurituvi doirasida to‘liq musodara qilingan aktivlarni qaytarish uchun foydalaniladi. Shuningdek, jamg‘arma Shveytsariyada davom etayotgan jinoiy ish doirasida kelajakda musodara qilinadigan har qanday qo‘shimcha aktivlarni qaytarish uchun xam xizmat qiladi. Hozirgi kunda taxminan 131 million dollar qiymatidagi aktivlar O‘zbekistonga qaytarilishga tayyor.Jamg‘arma boshqaruv mexanizmi Shveytsariya, O‘zbekiston va BMT vakillaridan tashkil topadi. Shu orqali Shveytsariya va O‘zbekiston aktivlarni qaytarish jarayoniga to‘liq jalb etiladi. Jamg‘arma O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashadi va BMTning Barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha O‘zbekistondagi dasturi (UNSDCF)ga mos loyihalar uchun moliyaviy resurslar ajratadi.Ushbu loyihalar jamg‘arma faoliyatida ishtirok etuvchi BMT tizimidagi tashkilotlar tomonidan boshqa ijrochi shyeriklar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Barcha loyihalar BMTning qoida va nizomlari asosida tuzilgan jamg‘armaning monitoring va baholash tizimiga muvofiq nazorat qilib boriladi. Fuqarolik jamiyati institutlari uning faoliyatida maslahatchilar sifatida ishtirok etadi.Jamg‘arma o‘z faoliyatini Shveytsariya va O‘zbekiston o‘rtasida tomonlarga yuridik majburiyat yuklovchi restitutsiya to‘g‘risidagi kelishuv imzolanganidan so‘ng boshlaydi. Ushbu kelishuv imzolanganidan keyin uning faoliyati haqida qo‘shimcha batafsil axborot byeriladi.Bundan tashqari, Moskva shahar sudi tomonidan O‘zbekiston sudlarining Gulnora Karimova va uning shyeriklariga nisbatan chiqargan hukmi tan olindi va hozirda Rossiya tomoni bilan O‘zbekistonga qaytarish uchun musodara qilingan mol-mulklarni sotishni tashkillashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Qaytarilgan mablag‘lar mamlakat aholisi farovonligini yaxshilash uchun ijtimoiy sohaga sarflanadi.Avvalroq “Pandora hujjatlari”ning Gulnora Karimovaga aloqador qismi e’lon qilingandi. Shuningdek, Islom Karimov rafiqasining jiyani Moskvadagi pentxausini sotuvga qo‘ygani haqida xabar byerilgandi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

“Men dutor bilan tugʻishgan, qoʻhna bir devonaman”

Next Post

Navoiyda 2 tuman hokimiga o‘rinbosar tayinlandi, 3 tuman hokimi o‘rinbosari intizomiy jazoga tortildi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil