Navoiyda 2 tuman hokimiga o‘rinbosar tayinlandi, 3 tuman hokimi o‘rinbosari intizomiy jazoga tortildi

Navoiy shahri va Qiziltepa tumani hokimlariga yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi. Navoiy shahri hokimining birinchi o‘rinbosari va Tomdi tumani hokimining ikki nafar o‘rinbosariga hayfsan berildi.

Navoiy shahar hokimining qarori bilan Ilhom Rahmatov yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar viloyat hokimligi kotibiyat mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.Qiziltepa tumani hokimiga ham yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi. Hokimning tegishli qaroriga ko‘ra, mazkur lavozimda O‘lmasjon Istamov ish boshlagan. U shu kungacha Qiziltepa tumani XTB mudiri lavozimida ishlagan.Shuningdek, Navoiy shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Diyorjon Elmuratovga aholi xonadonlarida so‘rovnoma asosida olib borilayotgan xatlov ishlarini tashkillashtirishda mas’uliyatsizlik qilgani uchun hamda Tomdi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Serik Sadenovga hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilmagani sababli hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan. Tomdi tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Aziz Namozov ham hududiy loyihalar, ish o‘rinlari hamda eksport prognozi ko‘rsatkichlari bajarilmagani tufayli intizomiy jazoga tortilgan.  

Total
0
Shares
Previous Post

Gulnora Karimova tomonidan horizhga olib ketilgan mol-mulklar Uzbekistonga kaytarilmoqda

Next Post

Navoiyda yo‘l qurilishi ishchisi ish jarayonida vafot etdi. Uni shag‘al to‘kayotgan yuk mashinasi bosib ketgan

Related Posts

Rasmiy munosabat

Mazkur postda aks etgan obyekt Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivida “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ buyurtmachi boʻlgan,…
Batafsil