DXX: Navoiy viloyatida Tojikistondan keltirilgan qariyb 5 kg. narkotik modda musodara qilindi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda koʻp bosqichli tezkor tadbir oʻtkazildi.
Dastlab Karmana tumanida joylashgan “Samarqand muntazam” YPX maskanida “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganida, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Urganch tumanida yashovchi, 1999 yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan A.B.ning yonida 992 gr. gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u narkotik moddani Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1996 yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan T.M.dan sotib olganligi maʼlum boʻlib, u ham qoʻlga olindi.

Oʻz navbatida ushbu narkosavdogar ajal ogʻusini Samarqand shahrida yashovchi fuqarolardan xarid qilganligi aniqlandi va uning ishtirokida nazorat ostida olish tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazildi.

Jumladan, Samarqand shahrida yashovchi, 1991 yilda tugʻilgan muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan ayol X.X. va uning turmush oʻrtogʻi, 1982 yilda tugʻilgan X.F. 2 kg. 966 gr. gashish moddasini 21 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida Bulungʻur tumanida yashovchi, 1985 yilda tugʻilgan X.M. ham 954 gr. opiy moddasini Samarqand shahrida sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Taʼkidlash lozimki, ushbu giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Uza

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Arab kompaniyasi Navoiy aeroportini rivojlantirish strategiyasini tayyorlamoqda

Next Post

ICHKI ISHLAR ORGANLARI USTIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI OʻRNATILADI

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil