Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Tomdi va Uchquduq tumanlariga tashrifidan soʻng Zarafshon shahri aholisi bilan ham uchrashdi.
Shahardagi “Barkamol avlod” ijodiyot markazida tashkil etilgan sayyor qabulda 23 nafar fuqaroning muammo va takliflari oʻrganildi.Koʻpdan beri tadbirkorlik qilish istagida yurgan N.Mannonovaning bolalarni sogʻlomlashtirish markazi faoliyatini boshlashi uchun joy masalasi muammo boʻlib turgandi. Murojaatidan soʻng fuqaroga boʻsh bino ajratiladigan boʻldi.
Har bir masala diqqat bilan tinglanib, aksariyat muammolarga shu joyning oʻzida yechim topildi. Tashkilot rahbarlariga muammolarni hal etish maqsadida qatʼiy topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha vaqt talab etuvchi murojaatlar viloyat rahbari tomonidan shaxsan nazoratga olindi.



