XUSHXABAR NAVBAHORLIK PAXTAKORLAR ZAFAR QUCHDI!

Navbahorlik fidoyi, zahmatkash va omilkor bobodehqonlar respublikada birinchilardan boʻlib davlatga paxta xomashyosi sotish shartnomaviy rejasini bajardi.

Hudud fermer va dehqonlarining yil boʻyi qilgan mehnatlari samarasida tumandagi paxta ekilgan 7300 gektar maydondan 26552 tonnadan ortiq hosil yigʻishtirib olindi.

Ayniqsa, paxta xirmonini bunyod etishda rejadan yuqori hosildorlikga erishib peshqadamlik qilgan “Shahrizoda Abbosbek”, “Karim Husen bobo”, “Ochilova Inobat”, “Martabali”, “Yahyo bobo-2000”, “Safo Sevdi”, “Arabxona”, “Boybek Muhammad Erkin”, “Akobir Qurbon orzusi”, “Qushrabod kelajagi”, “Navbahor taraqqiyot yoʻli”, “Tangri Jamol”, “Haqiqat” kabi oʻnlab fermer xoʻjaliklari alohida eʼtirof va eʼtiborga loyiqdir.

Qoʻlga kiritilgan yutuqlar shuni anglatadiki, bugun barcha Navbahorliklar oʻzlarining birdamligini, har sohada hammaslak, hamkor ekanligini, qolaversa, yurtimiz farovonligi, xalqimiz dasturxonining toʻkinligi yoʻlida fidoyi ekanliklarini yana bir koʻrsatdilar.

Zafar muborak boʻlsin, aziz navbahorlik paxtakorlar!

Navoiy viloyati hokimligiaxborot xizmati.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy shahri hokimining sobiq “zami” pora bilan qoʻlga tushdi

Next Post

XUSHXABAR КОНИМЕХ

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil