Joriy yilning 8 noyabr kuni soat 23:12 da Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Navbahor” MFY A. Yassaviy koʻchasida joylashgan savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida tuman FVBga xabar kelib tushgan.Shunga koʻra 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji 23:14 da voqea joyiga yetib borgan va yongʻin soat 23:38 da bartaraf etilgan.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra yongʻin natijasida kiyim-kechak, maishiy texnika, chinni-chinovor va boshqa doʻkonlarning 120 kv.m maydonda doʻkon jihozlari, mahsulotlari, shift va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yongʻindan imoratlarining 1500 kv.m. maydoni saqlab qolingan.Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.Hozirda yongʻinni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Related Posts
Navoiyda issiqlik tariflari yil oxirigacha ikki marta qimmatlaydi
Navoiyda 2024 yil davomida issiqlik taʼminoti tariflari 1 iyun va 1 oktyabrdan boshlab qimmatlaydi. Bu haqda Xalq deputatlari…
27.05.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i firibgarlik va pora berishda gumonlanmoqda
Kun uz manbasiga ko‘ra, lavozimiga tayinlanganiga bir oy bo‘lgan Merey Omonboyevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Savdo-sanoat palatasi Navoiy…
19.04.2024
Navoiy shahar
Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
04.04.2024