Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov bugun Navoiy viloyatidagi safari chogʻida Navoiy shahridagi bir necha umumtaʼlim maktablarga borib, ularning infratuzilmasi, kuz-qish mavsumiga shayligi, oʻquvchilarning bilim darajasi, oʻqituvchilarni qiziqtirayotgan masalalar, bitiruvchilarning kasbiy qiziqishlari, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash ishlarining tashkil etilishi va boshqa qator muhim, dolzarb hamda ustuvor jihatlarni oʻrgandi. Vazirga viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Marat Shamuratov, shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Dilyara Tuxfatullinalar hamrohlik qildi.




