Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingan

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingan
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingan. Bu haqda ishonch.uz nashri oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, A.Inoyatov ushbu lavozimga 2022 yilning 30 dekabrida tayinlangan edi. Ungacha esa ushbu tizimda vazirning birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlagan.

A. Inoyatov 1979 yilda tugʻilgan. 2001 yil Buxoro davlat tibbiyot institutini, 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida “Bolalar yuz-jagʻ jarrohligi” mutaxassisligi boʻyicha aspiranturani tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-tekshirish laboratoriyasida boshlagan. 2006-2014 yillarda ushbu institutning “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi assistenti, mazkur kafedra mudiri, Stomatologiya fakulteti dekani vazifalarida ishlagan.

2014-2020 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filialining Stomatologiya fakulteti dekani, ushbu filial direktori, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Total
0
Shares
Previous Post

Navoiyda bir guruh mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ular byudjet pulini “tuya” qilishgan

Next Post

Qotil yollash ham qotillik: Navoiyda qaynakasini o‘ldirish uchun “killer” yollagan shaxs 15 yilga qamaldi

Related Posts