Navoiyda bir guruh mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Ular byudjet pulini “tuya” qilishgan

Navoiy shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Effect.uzʻ xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Navoiy shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslari 2022 yilda 11 nafar boʻlim xodimga 114,1 mln. soʻm va 2023 yining 6 oyi davomida 12 nafar xodimga 57,5 mln. soʻm asossiz ravishda ustamalar toʻlab kelib, jami 171,7 mln. soʻm byudjet mablagʻlarini rastarata yoʻli bilan talon-toroj qilib kelishgan.

Shuningdek, 2022 yil va 2023 yilning 10 oyi davomida asossiz ravishda boʻlimning 5 nafar xodimlariga 20,8 mln. soʻm mehnat taʼtili pullari, 3 nafar xodimga 4,3 mln. soʻm ish haqi, 2 nafar xodimlarga 3,8 mln. soʻm ragʻbatlantirish pullari hamda nafar 1-sonli maktab oʻqituvchisiga 2,2 mln. soʻm xomiladorlik nafaqalari toʻlab, jami 31,2 mln. soʻmni “yeb” yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan joriy yilning 8-dekabr kuni Navoiy shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari boshlangan.

Biroq bizga kelgan maʼlumotlarga koʻra, yuqorida aytib oʻtilgan mansabdorlar hozirgi kunda Navoiy viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Qayd etish kerak, mansabdor shaxslar 2022 yil va 2023 yilning 6 oyi davomida Halq taʼlim vazirligining 2021-yil 26-fevral kunidagi “Tuman (shahar) halq taʼlimi huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Halq taʼlim xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shaklllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida“gi 49-sonli hamda 2021-yil 26-may kunidagi “Tuman halq taʼlimi boʻlimi xodimlarini faoliyatini samaradorligini baxolashni takomillashtirish hamda ularni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 163-sonli buyruklariga zid ravishda ish koʻrib kelishgan.

Total
0
Shares
Previous Post

Aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Next Post

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishdan olingan

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil