Ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning 09 sentyabr kuni “Navoiyda maktab direktori Xalq taʼlimi boʻlimining bosimi ostida oʻzini osib qoʻydimi” nomli xabar tarqatilgan.
Aniqlanishicha, Konimex tumanidagi 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori M.E joriy yilning 07 sentyabr kuni soat 15:00larda yashash hovlisidagi olma daraxtiga arqon yordamida oʻzini osib oʻz joniga suiqasd qilgan vaqtda akasi R.F ushbu holatni koʻrib qolgan va tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʻlimiga olib kelingan. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli.
Konimex tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi koʻzdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.