O‘zbekistonning qaysi hududlarida eng yuqori maosh to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

2022-yil yanvar—iyun oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,54 mln so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 19,3 foizga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Hududlar kesimidagi eng ko‘p o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 5,48 mln so‘m.

Keyingi o‘rinlarda mos ravishda:

Navoiy — 4,85 mln so‘m;

Toshkent — 3,66 mln so‘m;

Buxoro — 3,09 mln so‘m;

Andijon — 3,08 mln so‘m;

Sirdaryo — 2,99 mln so‘m;

Qoraqalpog‘iston — 2,98 mln so‘m;

Xorazm — 2,90 mln so‘m;

Jizzax — 2,74 mln so‘m;

Qashqadaryo — 2,74 mln so‘m;

Surxondaryo — 2,72 mln so‘m;

Namangan — 2,68 mln so‘m;

Farg‘ona — 2,66 mln so‘m;

Samarqand — 2,66 mln so‘m viloyatlari joy olgan.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Navoiy viloyati (7,13 mln so‘m), Toshkent shahri (5,18 mln so‘m), Toshkent viloyati (4,77 mln so‘m), Qashqadaryo viloyati (4,46 mln so‘m) hamda Andijon viloyatida (4,18 mln so‘m) kuzatildi.

Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent viloyati (5,78 mln so‘m), Navoiy viloyati (5,16 mln so‘m), Toshkent shahri (4,82 mln so‘m)da qayd etildi.

Savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (4,27 mln so‘m), Buxoro viloyati (3,24 mln so‘m), Jizzax viloyati (2,93 mln so‘m), Namangan viloyatlarida (2,74 mln so‘m) kuzatildi.

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm (6,40 mln so‘m), Toshkent shahri (5,43 mln so‘m), Buxoro (5 mln so‘m) viloyatlarida kuzatildi.

Axborot va aloqa sohasidagi o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (8,04 mln so‘m), Samarqand (4,53 mln so‘m), Jizzax (4,29 mln so‘m) viloyatlarida qayd etildi.

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatidagi o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (11,7 mln so‘m), (8,95 mln so‘m), Buxoro (8,35 mln so‘m), Navoiy (8 mln so‘m) viloyatlarida kuzatildi.

Ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (3,92 mln so‘m), Namangan (2,57 mln so‘m), Toshkent (2,57 mln so‘m), hamda Sirdaryo (2,57 mln so‘m) viloyatlarida kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (2,76 mln so‘m), Qoraqalpog‘iston (2,59 mln so‘m), Andijon (2,52 mln so‘m) hamda Sirdaryo (2,48 mln so‘m)da qayd etildi.

Avvalroq O‘zbekistonda qaysi soha vakillari eng ko‘p maosh olishi ma’lum qilingan edi.

daryo uz

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda bojxona xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan sayyor oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Next Post

Navoiyda “Targ‘ibot haftaligi” tadbiri davom etmoqda

Related Posts