O‘zbekistonda iyul oyida qaysi viloyatlarda eng ko‘p egizaklar tug‘ilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2022-yilning iyulida 79,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 1920 nafarini 2 va undan ortiq egizak tug‘ilganlar tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p egizaklar Samarqand viloyatida qayd etilgan — 239 nafar. Undan keyingi o‘rinlarda egizaklar soni Farg‘ona (212 nafar) va Qashqadaryo (198 nafar) viloyatlarida yuqori bo‘lgan.

Qolgan hududlarda egizak tug‘ilganlar soni quyidagicha bo‘lgan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 72 nafar;
  • Andijon viloyati — 152 nafar;
  • Buxoro viloyati — 104 nafar;
  • Jizzax viloyati — 91 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 198 nafar;
  • Navoiy viloyati — 71 nafar;
  • Namangan viloyati — 180 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 145 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 36 nafar;
  • Toshkent viloyati — 186 nafar;
  • Xorazm viloyati — 77 nafar;
  • Toshkent shahri — 157 nafar.
Total
0
Shares
Previous Post

Navoiyda avariyaga uchragan Nexia-3 auksionda 40 mln so‘mga sotildi

Next Post

Mehnat vazifasini oʼtayotgan vaqtida oyoqsiz qolgan fuqaro

Related Posts

Rasmiy munosabat

Mazkur postda aks etgan obyekt Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududi, “Yangi Oʻzbekiston” massivida “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ buyurtmachi boʻlgan,…
Batafsil