Oʻzbekistonda TikTokʻni butunlay bloklash taklif qilindi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari Oʻzbekistonda TikTokʻni butunlay bloklashni taklif qildi. Bu haqda partiya axborot xizmati xabar berdi.

Samarqandda 14 yoshli yigit Oʻ.A. mahalladoshi 53 yoshli F.R.ning yuz qismiga tepib, qochib ketgandi. Holatni Oʻ.A.ning tanishi 15 yoshli R.K. tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan. Bu boʻyicha Oʻ.A.ning ota-onasiga nisbatan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, boʻlib oʻtgan hodisa maktab rahbariyati ishtirokida muhokama etilgan.

Qolaversa, voyaga yetmagan bola sport bilan shugʻullanib kelgani aytilgan. Videolarda aytilganidek, yigit TikTokʻchi yoki tarmoq faoli boʻlmagan.

Partiya mazkur tarqalgan xabar yuzasidan TikTok ijtimoiy tarmogʻini mamlakat hududida butunlay bloklashga chaqirdi. “Koʻr-koʻrona mashhurlikka oʻch yoshlar ongini zaharlab, ijtimoiy tarmoqda shuxrat qozonishga ʻoltin koʻprikʻ vazifasini oʻtayotgan TikTokʻka tiktokerlarimiz VPN orqali ulanish imkoniyati borligi bu masalani ham oʻrganib chiqish zarurligini koʻrsatadi.

Xastalikni davolashdan koʻra, uning oldini olgan afzal. Shunday ekan berkitayotgan kasalligimizni istimasi oshkor qilib turgan bir vaqtda xaqiqatga tik boqaylik. Toki kun kelib arzimasdek koʻringan yaramiz kattalashib, butun boshli tanamizni yeb bitirmasin”, deyiladi taklifda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirini qabul qildi

Next Post

Hokimiyat ichki yoʻllarni taʼmirlashda aholining fikrini inobatga oladi.

Related Posts