Davlat statistika qoʻmitasi 9 fevral kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, oʻrganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
suyakli mol goʻshti (1 kilogramm) — 45 000-68 000 soʻm;qoʻy goʻshti (1 kilogramm) — 52 000-80 000 soʻm (27 yanvar holatiga koʻra, 54 000-80 000 soʻm);kartoshka (1 kilogramm) — 3 500-7 000 soʻm (3 000-8 000 soʻm);piyoz (1 kilogramm) — 1 500-4500 soʻm (1 500-4000 soʻm);sabzi (1 kilogramm) — 1 000-5 000 soʻm;tuxum (10 dona) — 6 000-14 000 soʻm;guruch (1 kilogramm) — 5 000-17 500 soʻm;oʻsimlik yogʻi (1 litr) — 13 600-24 000 soʻm (14 000-24 000 soʻm);shakar (1 kilogramm) — 7 900-10 500 soʻm (7 500-10 500 soʻm).
Bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Oʻzbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari maʼlum qilindi
