Navoiylik Ortiqxoʻjayev: tadbirkorlikdan hokimligu senatorlikkacha

U yaxshigina biznesmen, avval ham firmalari boʻlgan, hozir ham bor. Shuning uchun uni Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga oʻxshatish mumkin.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi Ulugʻbek Fayziyev yaxshigina biznesmen, avval ham firmalari boʻlgan, hozir ham bor. Shuning uchun uni Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevga oʻxshatish mumkin.

Faqat bitta farqi bor: Ortiqxoʻjayev hokimligi paytida amaldorlarning biznesiga oid qonuniy taqiqlar yoʻq edi. Shuning uchun bemalol tadbirkorligini qilavergandir.

Ammo Qiziltepa hokimi va ayni paytda senator ham boʻlgan Ulugʻbek Fayziyevga tadbirkorlik bilan shugʻullanish mumkin emas. Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovga taqdimnoma kiritgan Antikorrupsiya agentligiga ushbu holat qonuniyligi boʻyicha soʻrov yubordik.

Demak, Ulugʻbek Fayziyev nomida shu paytgacha 11 ta MChJ boʻlgan, ularning 7 tasi yopilib ketgan, 6 tasi ishlab turibdi. Baʼzilarida Fayziyevning oʻzi 100 foiz ulushdor, ayrimlarida katta foizli hissador.

Ularning orasida Zarafshan Golden Group eng mashhuri boʻlib, hokim 91,50 foiz qismiga taʼsischilik qiladi. Qolgan 8,50 foiziga esa uning akasi (yo ukasi) Oybek Fayziyev egalik qiladi. Shu tariqa Oybekning nomida ham 5 ta MChJ bor.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu holatga eʼtibor qaratib, qonuniylikni taʼminlaydi, degan umiddamiz.

manba. platina

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda mansabdor shaxsning korrupsiya harakatlariga chek qo‘yildi

Next Post

RASMIY MUNOSABAT.

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil