Navoiyga ishlash uchun kelgan fuqaro firibgarlik ustida qoʻlga tushdi

Xalqimizda yaxshi otga bir qamchi degan maqol bejizga aytilmagan. Negaki bilmay turib xato qilgan insonga bir marta berilgan tanbeh yoki jazoning oʻzi kifoya. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidan Qiziltepa tumaniga ishlash uchun kelgan I.B gʻisht zavodiga joylashadi. Qisqa muddatda zavod rahbarining ishonchiga kirishga ulgurgan I.B yana eski hunarining xumori tutib payt poylay boshladi. U odatda gʻisht zavodi direktorining telefonidan tez-tez uyiga telefon qilib turardi. Kunlarning birida esa telefondan foydalanish bahonasida uni oʻgʻirlab qochib ketdi. Afsuski, uning boshqalarga nisbatan firib berishi birinchi marta emasdi. Mazkur holat yuzasidan I.Bga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Total
0
Shares
Previous Post

Yangi laqabli eski “Notebook” berishibdi

Next Post

Munosabat

Related Posts