Navoiyda nasiyaga joʻja olgan fuqaroga jinoiy ish qoʻzgʻatildi

1989 yilda tugʻilgan Karmana tumani Uyrot MFYda yashovchi X.M 2017 yilda Navoiy shaharda istiqomat qiluvchi M.Aga tegishli boʻlgan jami narxi 10.500.000 soʻmlik 3 ming dona broyler joʻjalarini sotib olishini aytadi. M.Aning ishonchiga kirib nasiyaga olib ketilgan joʻjalarning aytilgan vaqtda puli berilmadi. Soʻraganida esa joʻjalarni qoʻshnilariga berganini ular esa hali broylerni pulini toʻlamaganini aytib aldab kelgan. Tadbirkorlikka hafsalasi yoʻq X.M bu gal issiqxona qurishni oʻyladi. Shu maqsadda 2019 yilda Mikrokreditbankdan 30 mln pul olishga muvaffaq boʻldi. Yoshlarga berilgan imkoniyatdan unumli foydalanmasdan mazkur pullarni ehtiyoji uchun ishlatib yubordi. Shu tariqa na oylik kredit yigʻimini toʻladi, na issiqxona qurib foydalandi. Mazkur holat yuzasidan X.Mga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda bolalar bogʻchasida 21 nafar bolada koʻngil aynish holati kuzatildi

Next Post

Navoiyda bolalari kasallangan bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil