Navoiyda bolalari kasallangan bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

2022 yil 9 sentyabr kuni soat 17:00da Karmana tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar boʻlimiga 10 nafar voyaga yetmaganlar umumiy holsizlik, qusish va ich ketishi kabi klinik belgilar bilan yotqizilgan.

Ushbu belgilar boʻyicha bemorlarga tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar boʻlimi tomonidan “oshqozon-ichak faoliyatini buzilishi” tashhisi qoʻyilib, ularning 9 nafariga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan va ahvoli qoniqarli boʻlganligi sababli, kasalxonadan chiqarilgan.
(1 nafar voyaga yetmaganga boshqa kasallik alomatlari oʻtkir resperator, yuqori nafas yoʻllarining shamollashi tashhisi bilan davolanmoqda)

Mazkur holat yuzasidan Karmana tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan boʻlib, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tergovga qadar tekshirish natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda nasiyaga joʻja olgan fuqaroga jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Next Post

Konimex tumanidagi 2-maktab direktori bosimlarga uchragani xaqida intervyu berdi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil