Navoiyda IIB tezkor xodimiga pora taklif qilgan shaxs IIV Shaxsiy xavfsizlik xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

Pora kanda boʻlmasa parokanda boʻlasan, degan naql tasviri hayotiy faoliyatimizda oʻz aksini topayotgani rost. Aynan shu naql halol va vijdonli xodimlarning shioridir.

Samarqand muntazam yoʻl patrul xizmati maskanida oʻz ishini olib borayotgan Karmana tumani IIB JQB tezkor vakili B.T.Rahimov tomonidan joriy yilning 28 noyabr kuni soat 12:00 larda fuqaro K.M yonidan“gashish” va “geroin” giyohvandik moddalarini olib oʻtayotganligi aniqlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi. Paytavasiga qurt tushgan K.M jinoyat ishi hujjatlarini “bosdi-bosdi” qilish va uni qoʻyib yuborishi uchun tezkor xodimga 1000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qildi. Xodim B.T.Rahimov mazkur harakatlar qonunga zid ekanligi hamda holatni ogʻirlashtirishga olib kelishini aytsa ham pora taklif qilishda davom etdi. Tezkor xodimning bildirgisiga asosan Shaxsiy xavfsizlik xodimlari tomonidan  oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.M aytilgan pullardan 500 AQSH dollari hamda 498000 soʻmini berayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

markaz24.uz

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabgi tergov harakatlari olib borilmoqda. Tezkor xodimning oʻz kasbiga sadoqati va masʼulyati tufayli sodir boʻlishi mumkin boʻlgan mudhish jinoyatning oldi olindi. Uning koʻrsatgan jasorati hamda korrupsion jinoyatning oldini olishda qoʻshgan hissasi eʼtirof etilib, Boshqarma boshligʻining buyrugʻi bilan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

markaz24.uz

Xalqimizda “Yaxshi yeydi oshini – yomon yeydi boshini” degan purmaʼno gap topib aytilgan. Endi gumonlanuvchi qonun oldida javob berishiga toʻgʻri keladi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy shahrida sodir etilgan bosqin yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi

Next Post

XALQ TAʼLIMI VAZIRI OʻRINBOSARI VAHOBJON RAJAPOV XATIRCHI TUMANIDAGI MAKTABLARDA BOʻLDI

Related Posts