Navoiyda bojxona xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan sayyor oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Bojxona organlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurash, korrupsiyaga toqatsizlik pozitsiyasini shakllantirish boʻyicha tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va Bojxona instituti masʼul xodimlari tomonidan Navoiylik bojxonachilarga boshqarma shaxsiy tarkibi oʻrtasidagi muhit hamda korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaradigan omillar borasida navbatdagi sayyor uchrashuvni tashkil etishdi.

Sayyor oʻquv mashgʻuloti davomida:➖ Korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari;➖ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tizimi;➖ Korrupsion jinoyatlar tahlili toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtkazilgan oʻquv mashgʻulotida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va oʻz taklif-mulohazalarini bildirishdi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

ZARAFSHON SHAHRIDA SAYYOR QABUL OʻTKAZILDI

Next Post

O‘zbekistonning qaysi hududlarida eng yuqori maosh to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil