Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi OGOHLANTIRADI.

Koʻp kvartirali uylarning ichki va tashqi qismiga asossiz ravishda, oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalari kiritish taqiqlanadi.

Biroq, oʻtkazilayotgan oʻrganishlar davomida ayrim “uddaburon” fuqarolar tomonidan koʻp kvartirali uylarning ichki qismiga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganlik holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, M.Tarobiy koʻchasi 42-uy oʻrganilganda ushbu uydagi xonadon egasi tomonidan umumfoydalanish qismi boʻlgan kirish yoʻlagi oʻzboshimchalik bilan alyumin profili bilan toʻsib olingan holda egallab olinganligi aniqlandi.

Ushbu fuqaroga qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy koʻrsatma berildi.
Fuqaro oʻziga tegishli xulosa chiqargan holda ushbu oʻzboshimchalik bilan egallab olingan hududda oʻrnatilgan yenil konstruksiyali qurilmani oʻz xoxishiga koʻra olib tashladi va joyida bartaraf etildi.

Shu oʻrinda, Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi OGOHLANTIRADI.
Koʻp kvartirali uylarning ichki va tashqi qismiga asossiz ravishda, oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 159-moddasiga asosan belgilangan tartibda chora koʻrilishiga sabab boʻladi.
Shu sababli, fuqarolardan koʻp kvartirali uylarning ichki va tashqi qismiga asossiz ravishda, oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritmaslik soʻraladi.

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy viloyati doimiy aholi soni maʼlum qilindi

Next Post

Tana boshqa dard bilmas…

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil