Navoiy viloyat Xalq taʼlimi mudirining haydovchisi pora bilan qoʻlga tushdimi


Navoiy viloyat Xalq taʼlimi mudirining haydovchisi pora bilan qoʻlga tushgan, hozircha mudirga qarshi koʻrsatma berilmagan.

Yangi Oʻzbekistonda haydovchilar ham poraxoʻr boʻlib ketdi-eeee.

Navoiy viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Boshqarma va tizimdagi barcha darajadagi rahbar, xodimlar xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaat yoʻlida, gʻarazli maqsadlarda foydalanmaslik, korrupsiyaga yoʻl ochuvchi xatti-harakatlar sodir etmaslik boʻyicha bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramasdan, boshqarma haydovchisi N.T. oʻz shaxsiy manfaatini koʻzlab pora olgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olingan.
Hozirda vakolatli organlar tomonidan mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Vaziyatga oydinlik kiritilgach, natijasi boʻyicha toʻliq maʼlumot taqdim etiladi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiy IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan odam savdosiga chek qoʻyildi

Next Post

Buxoroda futbol mushtlashuvgacha bordi

Related Posts