Navoiy viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi faoliyati boʻyicha press tur oʻtkazildi

Navoiy viloyat Markaz24.uz Axborot xizmati hamda Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar hamkorligida Navoiy viloyat taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Navoiy shahridagi hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida press-tur oʻtkazildi.

Press-turdoirasida OAV vakillari Navoiy shahridagi “Kimyogar” hamda “Bunyodkor” mahallalari hokim yordamchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdi, hamda Nurota tumani “Dehibaland” MFYda“Koʻhna Nurota bogʻlari” MCHJga qarashli “KARAVAN” ekoturizm dam olish maskani faoliyati, “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasida ziyorat turizmi boʻyicha turkum koʻrsatuvlar tasvirga olindi.Shuningdek, “A.Temur” MFYda “Avazsoy Chorva Poliz” fermer xoʻjaligi tomonidan aholi xonadonlariga kooperatsiya asosida tashkil etilgan “Issiqxona” faoliyati bilan tanishildi.

Xayriyev Bekzod

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda 7 gramm marixuanna saqlagan fuqaro ushlandi.

Next Post

“SILK YOʻL“ KOMPANIYASI NAVOYIGA ILK reysni amalga oshirdi.

Related Posts