Navoiy va Buxoroda barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurilishida kamchiliklar bor

Qurilish vazirligi masʼullaridan iborat tezkor guruh Navoiy va Buxoro viloyatida nazorat tadbirlarini oʻtkazdi.Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Doʻstlik” MFYda qad rostlayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida qurilish ishlari bilan tanishdi. Oʻrganishlar natijasida ayrim uy-joylarning devor monolitlari notekis terilgani, qurilish maydoni hududi chiqindilardan tozalanmagani maʼlum boʻldi.Bu joriy yilning iyun oyidan qurilishi boshlangan, 420 ta xonadonli 18 ta uy-joyga ega massivdagi normalarga amal qilmaslik bilan bogʻliq birinchi holat emas. Soʻnggi 5 oyda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi boʻyicha olib borilgan tekshiruvlar natijasida uy-joylarning tashqi pardozlash ishlari sifatsiz bajarilgani, devor yuza qatlamlari notekis qilinganligi, devor burchaklarida bir toʻgʻri chiziqlik taʼminlanmagani, 11-sonli uyning poydevor armokarkaslari himoya qatlami 50 mm fiksatorlar bilan taʼminlanmasdan, amalda turli xil oʻlchamdagi tabiiy toshlardan foydalanilgan holda karkas oʻrnatish ishlari bajarilganligi aniqlangan.Bu boʻyicha masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olingan. Qurilish ishlari boshlangandan beri massivda 16 marta tekshiruv oʻtkazilgan boʻlsa, kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagani sababli inspeksiya tomonidan 3 marta MJtKning 99-moddasiga asosan maʼmuriy ish hujjatlari tayyorlanib, sudlarga oshirilgan

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Yashil Makon

Next Post

Navoiyda soliqchi mashinasida ona va bolani urib yubordi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil