Navoiy shahri hokimining sobiq “zami” pora bilan qoʻlga tushdi

Fuqarolarni ishga kiritish va ishga joʻnatishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.Sh. fuqaro Sh.ni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 20 mln soʻmni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Z.Sh.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, joriy yilning iyul oyiga qadar Navoiy shahar hokimi oʻrinbosari lavozimida ishlagan T.A. fuqaro Sh.ga oʻzini goʻyoki hokim oʻrinbosari deb tanishtirib, oʻzida saqlab qolgan xizmat guvohnomasini koʻrsatib, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 19,6 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingshan.

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, viloyat narkologiya dispanseri xodimi Sh.R. va viloyat perinatal markazi xodimi M.I. fuqaro M.ni RSHTTYOIM Buxoro filialiga hamshira vazifasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Jizzax shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.Q. fuqaro A.ni tanishlari orqali 1 350 AQSH dollari evaziga Latviya davlatiga ishga yuborish hamda fuqaro Yu.ni chet elga yuborishda elektron navbatni tezlashtirib berishini aytib, oldindan 450 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Moziyga qaytib yoki innovatsiya Karmanachasiga…

Next Post

XUSHXABAR NAVBAHORLIK PAXTAKORLAR ZAFAR QUCHDI!

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil