Navoiy shaharda muddati oʻtgan mahsulotlar sotilmoqda

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun 11-moddasiga ko‘ra, sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etilishi belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasida iste’molchilarga bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, shu jumladan tovar iste’moliga oid xususiyatlar yoki sifati xususida chalg‘itish tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik –huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi o‘rnatilgan.

Qonunbuzarlarga nisbatan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan ish qo‘zg‘atiladi va natijalari bo‘yicha ko‘rsatma beriladi. Amaliyotda mazkur jarayon bir necha oylarga cho‘zilishi hamda insofsiz tadbirkorlar bilan kurashishda o‘z samarasini bermayotgani kuzatilmoqda. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonunda ham bunday qonunbuzilish holatlarini amalga oshirgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ma’muriy javobgarlik (jarima) ko‘zda tutilgan, moliyaviy sanksiyalar qo‘llash amaliyoti mavjud emas.

Agentlik tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda u Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda. Qonun loyihasida normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan, yaroqlilik muddati o‘tgan, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan, shuningdek qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari (12 250 000 so‘m) miqdorida moliyaviy sanksiya qo‘llash ko‘zda tutilgan. Mazkur moliyaviy sanksiya ma’muriy jarima qo‘llanilishidan qat’iy nazar tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan qo‘llaniladi.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

TIBBIY CHIQINDILAR VA ULARNI YO’Q QILISH TO’G’RISIDA TUSHUNCHA

Next Post

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal hizmat koʻrsatish vazirligi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil