2022 yil 13 yanvar Navoiy shahar Abdulla Avloniy koʻchasida yashovchi X.N Navoiy IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilgan edi. Unga koʻra Konimex tumani Guliston MFYda roʻyxatda turib ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashovchi Sh.N internet ijtimoiy tarmogʻining telegramm messenjeri orqali yosh qizlar bilan aloqa oʻrnatib faxsh maqsadlarda yoʻldan ozdirib, aldab mamlakatdan olib ketishni maqsad qiladi. Uning jinoiy rejasi toʻriga 20 yoshli xatirchilik O.B hamda 22 yoshli karmanalik X.Nlar ilinadi. Qizlarning barcha xarajatlari qoplanishi hamda aviabilet pullari toʻlab berilishi vaʼda qilinib Sh.Nning sherigi G.Sh orqali Dubay shahriga olib chiqib ketilayotgan vaqtda shahar IIB terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashaish boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor tadbir natijasida odam savdosiga chek qoʻyildi.
