Navoiy chiqindilar poligonidagi yongʻin haqida rasmiy maʼlumot …

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Navoiy viloyatida chiqindi paligon yonib ketgani haqida habar berganedik” axborot yuzasidan 2022 yil 15 iyul kuni Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari, IIB, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, tomonidan joyiga borib oʻrganildi. Oʻrganish davomida Navoiy viloyati Karmana tumani hududidagi “Yangi ariq” MFY da joylashgan “Berejlivost” xususiy ishlab chiqarish korxonasi hamda “Stimul-Navoiy” MCHJlarning ish boshqaruvchisi bilan suhbat oʻtkazilganda quyidagilar maʼlum boʻldi. Yongʻin chiqindi poligoni yonidagi Tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish sexidan kelib chiqqanligi hamda “Berejlivost” xususiy ishlab chiqarish korxonasi hamda “Stimul-Navoiy” MCHJlarga qarashli chiqindi poligonlariga shamol taʼsirida oʻtib chiqindixonalarning yon atroflarida yongʻin boʻlganligi aniqlandi. Ushbu yongʻin shu kunning oʻzida 6 ta turli xil texnikalar yordamida tuproq bilan koʻmilib soat tungi 23: 00 lar atrofida toʻliq bartaraf etildi. Ushbu vaziyatni haqqoniy oʻrganish, korxonalarga nisbatan sud tartibida chora koʻrish boʻyicha boshqarmaning Nazorat inspeksiyasi hamda Karmana tumani Ekologiya boʻlimi tomonidan xujjatlar tayyorlanmoqda.

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda sodir boʻlgan hodisa yuzasidan maʼlumot

Next Post

Navbatdagi xushxabar – bu safar 4 ta kumush

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil