Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov Respublika musiqa va sanʼat kolleji hamda Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabiga tashrif buyurdi.
Maʼlumki, ushbu bilim dargohlari musiqa sanʼati sohasida isteʼdodlarni tarbiyalash, ularga puxta taʼlim berish, qobiliyati va salohiyatini toʻgʻri yoʻnaltirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Mazkur taʼlim dargohlarining oʻquvchilari respublika va xalqaro musiqiy tanlovlar, festivallarda, turli ijodiy konsertlarda yaxshi natijalar koʻrsatgani sanʼat ixlosmandlariga maʼlum. Lekin bugun erishilgan yutuqlarga mahliyo boʻlish bilan kifoyalanadigan davr emas.
Madaniyat vazirligi xabariga koʻra, Tashrif davomida Bahodir Ahmedov ixtisoslashtirilgan musiqa bilim maskani faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq fikr va mulohazalarini bildirdi.
Shu bilan birga tizimdagi mavjud muammolar oʻrganilib, oʻquv jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish, talabalarga qulaylik yaratish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.
Related Posts
KARMANALIK DILDORA ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida qaroriga asosan Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika…
07.03.2023
Navoiyda tadbirkor 212 mlnlik gazni o‘margani aniqlandi
Navoiy viloyatining Karmana tumanida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan “Issiqxona” aniqlandi. Noqonuniy ulanish 200 mln so‘mdan ortiq zarar…
16.02.2022
“Men dutor bilan tugʻishgan, qoʻhna bir devonaman”
Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 125 yillik tavalludiga bagʻishlangan “Men dutor bilan tugʻishgan, qoʻhna…
15.02.2022