JURNАLIST VА EKOLOGLАR “NАVOIY” ERKIN IQTISODIY ZONАSIDА

Oʼzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati boʼlimi, viloyat Ekologiya va atrof-muhitini muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat hokimligi Аxborot xizmati hamda viloyat Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi OАV vakillari va blogerlar uchun “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi sanoat korxonalarini atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish boʼyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani hamda press-tur tashkil etildi.

Dastlab jurnalistlar uchun “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi faollar zalida matbuot anjumani tashkil etilib, viloyat Ekologiya va atrof-muhitini muhofaza qilish boshqarmasi boshligʼi v.v.b X.Baqoev anjuman ishtirokchilariga atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Matbuot anjumanida taʼkidlandiki, bugungi kunda viloyatda toʼgʼridan-toʼgʼri atmosfera havosiga chang-gazlar tashlab kelayotgan 36 ta korxona ish faoliyatida chang-gaz tozalash uskunalarisiz ishlab kelmoqda. Bu korxonalar asosan pishgan gʼisht, ohak ishlab chiqarish hamda umumiy ovqatlanash (kabobxona) korxonalar sirasiga kiradi.

Navoiy viloyatidagi xavfi yuqori boʼlgan 20 ta korxonalarda har oyda atmosfera havosini muhofaza qilish boʼyicha monitoring ishlari amalga oshirilib borilmoqda. Аyni paytda bu boadagi har bir jarayon ekologlar diqqat-eʼtiborida.

Shuningdek, matbuot anjumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham atroflicha toʼxtalib oʼtildi. Jumladan, 2021 yilning noyabrь-dekabrь oylarida 5 million 540 ming dona koʼchat turlari ekilgan boʼlsa, joriy yil bahor mavsumida viloyat hududida 8 million 790 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta koʼchatlari hamda terak qalamchalar ekilishi rejalashtirilib, amalda 9 million 292 ming dona koʼchatlar ekilishi tashkil etildi.

Xususan, mahallalar va boshqa obʼektlar hududlarida 2 million 101 ming dona, fermer xoʼjaliklari ekin yer maydonlari chetlariga 2 million 594 ming dona, ijtimoiy soha obʼektlari hududlarida 581 ming dona, avtomobilь yoʼllari yoqasiga 98 ming dona va boshqa obʼektlarga 3 million 918 dona koʼchatlar oʼtqazildi.

Joriy yilning bahor mavsumida ekilgan daraxt koʼchatlari elektron platformaga kiritildi va Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 9 million 292 ming donasi tasdiqlandi. Viloyat boʼyicha 11 ta shahar va tumanlarda 8,8 km uzunlikdagi namunaviy koʼchalar tashkil etildi.

Matbuot anjumani doirasida boshqarma mutaxassislari tomonidan atrof-muhit ifloslanishining yangi innovatsion texnologiyalari namoyishi ham amalga oshirilib, endilikda bu zamonaviy uskunalar orqali har qanday korxonadagi chang va iflos havo miqdori aniqlanish imkoniyati yaratildi.

Shundan soʼng, jurnalist va blogerlar uchun “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarning ekologik xavfsizligi boʼyicha amalga oshirayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi.

Otabek АSLONOV

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Navoiyda MTT tizimi xodimlarining avgust konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Next Post

NOQONUNIY DORI VOSITALARI SAVDOSINING OLDI OLINDI

Related Posts