ICHKI ISHLAR ORGANLARI USTIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI OʻRNATILADI

Prezident tomonidan 20.01.2023 yildagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-10-con Qaror imzolandi.

Hujjat bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanmoqda. Kodeks ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilgan.

Kodeks:

ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyat qoidalarini;
xizmat intizomiga talablarni ;
rahbarlar va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarni;
rahbariyatni harakatlariga shikoyat keltirish tartibini belgilaydi.

Maʼlumot uchun: Xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:

tanbeh;
hayfsan;
qattiq hayfsan;
lavozim maoshining 50 %dan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima;
maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish;
egallab turgan lavozimidan ozod etish;
gaupvaxtada hisbda ushlab turish;
ichki ishlar organlari xizmatidan boʻshatish.

Shuningdek, Farmonga muvofiq:

• 2023 yil yakuniga qadar “E-nomzod” elektron axborot tizimi joriy etilishi hisobiga ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish tartibi soddalashtiriladi;

• jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida IIV va xududiy tarkibiy tuzilmalarida jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi;

• ichki ishlar vazirligining akademik litseylari bitiruvchilari uchun IIV Akademiyasida bakalavriatning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Tezkor-qidiruv faoliyati” taʼlim yoʻnalishlariga, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishni nazarda tutgan holda, 200 nafargacha qoʻshimcha har yillik qabul kvotasi kiritiladi”;

• ilk bor xizmatga qabul qilinayotgan xodimlar uchun sinov muddati bir yil etib belgilanadi;

• 2023 yil sentyabr oyidan boshlab huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl-patrul va patrul-post xizmati boʻlinmalari xodimlari ushbu sohalarda xizmatni davom ettirishlari uchun har uch yilda IIV Malaka oshirish institutida malaka oshirishlari lozim boʻladi.

Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 21.01.2023 yildan kuchga kirdi

Norma uz

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

DXX: Navoiy viloyatida Tojikistondan keltirilgan qariyb 5 kg. narkotik modda musodara qilindi

Next Post

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil