Byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgan mansabdorlar fosh etildi

Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro N.O. Navoiy viloyati Xatirchi tumani xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan hamda boʻlimdagi muhitdan norozi boʻlgan. U bu haqda Prezident Virtual qabulxonasiga murojaat yoʻllagan.
Ushbu murojaat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan koʻrib chiqildi. Oʻrganish natijasiga koʻra, muallifning shikoyati hamda toʻplangan hujjatlar vakolat doirasida koʻrib chiqish uchun tegishli idoralarga yuborilgan.

Shunga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshirishda Xatirchi tumani xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslari oʻzaro jinoiy til biriktirgani maʼlum boʻldi.

2022 yil iyun-dekabr oylarida ular 43,6 million soʻm miqdoridagi ragʻbatlantirish va ish haqini noqonuniy hisoblab, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan xalq taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qism “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, hozirda ushbu jinoyat ishi boʻyicha prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

uza

Total
0
Aktsiyalar
Previous Post

Qizlarga qanday imtiyozlar berildi

Next Post

Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida “Zarafshan golden group” MCHJ buyurtmachi

Related Posts

Navoiy shahar

Qurilish vazirligi tomonidan noqonuniy deb toplib rasmiy munosabat bildirgan obyektda qurilish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda(mi)? Bu borada…
Batafsil